MAKTABGACHA 6-7-YOSHLI BOLALARNING SHAXSIY VA KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FREBEL TUHFALARINING ROLI
Keywords:
Maktabgacha taʻlim,Frebel tuhfalari,Shaxsiy rivojlanish, Kreativ qobiliyatlar,6-7 yoshli bolalar,Fridrix Frebel, Pedagogika, Oʻyin orqali taʻlim, Mustaqillik, Muammolarni hal qilish,Tasavvur,Mantiqiy fikrlashAbstract
Maqolada maktabgacha 6-7 yoshli bolalarning shaxsiy va kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishda Fridrix Frebelning oʻquv oʻyinlari («Frebel tuhfalari») ning roli va ahamiyati tahsil qilinadi. Taʻlimning ushbu bosqichida shaxsning mustaqilligi, ijodkorligi, mantiqiy fikrlashi kabi asosiy fazilatlarining shakllanishi masalalari koʻrib chiqiladi. Frebel tuhfalarining mohiyati, tarkibi va ularning bolalarning rivojlanishiga taʻsir mexanizmlari tahlil qilinadi. Asosiy eʻtibor ushbu oʻquv oʻyinlarining bolalarning mustaqillik, izchillik, masʻuliyat kabi shaxsiy fazilatlarini, shuningdek, tasavvur, konstruktiv va innovatsion fikrlash, muammolarni hal qilish kabi kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishdagi roliga qaratilgan. Xulosada, Frebel tuhfalarining zamonaviy maktabgacha taʻlimda bolani maktab va hayotga tayyorlashdagi dolzarbligi va samaradorligi taʻkidlanadi.