ARTPEDAGOGIK YONDASHUVGA ASOSLANGAN FAOLIYATLAR INTEGRATSIYASI ORQALI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
maktabgacha ta’lim, metodika, usul, uslub, pedagogik yondashuv, kompetensiya, nutqiy kompetensiya, bola shaxsi, tafakkur, yangilik, innovatsiya.Abstract
Ushbu maqolada artpedagogik yondashuvga asoslangan integrativ faoliyatlar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali metodik jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda san’at elementlarini — musiqa, tasviriy san’at, drama, harakatli ritmika va nutqiy ijodkorlikni o‘zida uyg‘unlashtirgan pedagogik jarayonning bolaning nutqiy faolligi, muloqotga kirishuvchanligi hamda emotsional ifodaviyligini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyalashgan artpedagogik mashg‘ulotlar bolaning individual psixologik xususiyatlariga moslashtirilishi, multimodal ta’sir vositalari (tasvir, ovoz, harakat, obraz) orqali bolalarning ijtimoiy-madaniy tajribani egallashi ilmiy asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari artpedagogikaning kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyasi sifatida samaradorligini ko‘rsatadi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari uchun metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.