MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN LUG‘AT ISHINI OLIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
maktabgacha yosh, lug‘at ishlari, nutqiy rivojlanish, so‘z boyligi, o‘yinli metodlar, milliy madaniy meros, oila hamkorligi, o‘yinlar, didaktik materiallar.Abstract
bugungi kunda til va kommunikativ qobiliyatlar bolalarning ijtimoiy moslashuvida, intellektual rivojlanishida va ta’lim muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Maktabgacha yosh – bu bolaning nutqiy qobiliyatlarining shakllanishi, so‘z boyligining o‘sishi va grammatik to‘g‘ri nutq madaniyatining asoslari qalinadigan eng muhim davr hisoblanadi. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2024 yil 30-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-152-son Farmoni “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022 yil 20-dekabrda qabul qilingan 802-sonli “Maktabgacha ta’lim davlat standarti” talablariga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishlarini olib borishning ilmiy-pedagogik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan.