MAKTABGACHA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHINING KASBIY KOMPETENSIYASI
Keywords:
maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, kasbiy kompetensiya, pedagogik mahorat, ta’lim sifati, innovatsion yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi hal qiluvchi omil sifatida tahlil etilgan. Tadqiqotda tarbiyachining pedagogik mahorati, kommunikativ ko‘nikmalari, innovatsion faoliyatga tayyorgarligi hamda kasbiy refleksiya darajasining bolalar rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati, tarbiyachilarning kasbiy rivojlanishini ta’minlovchi sharoitlar va ularni baholash mezonlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar va milliy ta’lim tizimidagi islohotlar asosida tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega.