MAKTABGACHA TA’LIMDA SAN’AT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK VA IJODIY RIVOJLANTIRISH
Keywords:
san’at, musiqa, emotsional sezgirlik, estetik tarbiya, ijodiy fikrlash, Ranglarni anglash, rasm chizish.Abstract
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida san’at, musiqa va turli ijodiy faoliyatlarning bolalar estetik tarbiyasidagi o‘rni haqidagi shaxsiy qarashlarim yoritilgan. Menimcha, san’at bolada nafaqat go‘zallikni ko‘ra bilish ko‘nikmasini, balki tasavvur, emotsional sezgirlik va mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Musiqa esa bolalarning ruhiy holatini muvozanatlashtirib, ularda ritmni his qilish, o‘zini erkin ifodalash va emotsional madaniyatni shakllantiradi. Turli ijodiy mashg‘ulotlar – rasm chizish, loydan yasash, qo‘l mehnati va badiiy o‘yinlar bolalarda nozik motorika, ranglarni anglash, tasviriy ifoda va ijodiy fikrlash jarayonini kuchaytiradi. Men ushbu faoliyatlarning barchasi birgalikda bolaning estetik dunyoqarashini shakllantiruvchi eng samarali vosita ekaniga ishonaman. Shu sababli maktabgacha ta’limda san’at va musiqaga tayangan holda estetik tarbiyani tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bolalarning barkamol rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi.