MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING MA’NAVIY-AXLOQIY RIVOJLANISHIDA XALQ OGʻZAKI IJODINING OʻRNI
Keywords:
maktabgacha taʼlim, maʼnaviy-axloqiy rivojlanish, xalq ogʻzaki ijodi, ertaklar va maqollar, pedagogik usullar, axloqiy tarbiya, milliy qadriyatlar, maktabgacha yosh.Abstract
maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishida xalq ogʻzaki ijodining (ertaklar, qoʻshiqlar, topishmoqlar, maqollar va boshqalar) ahamiyati muhim oʻrinni egallaydi. Ushbu maqolada xalq ogʻzaki ijodi vositalarining bolalarga yaxshi xulq-atvor, mehribonlik, halollik, adolat va boshqa insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Xalq ertaklari va maqollarning bolalarning ongiga taʼsiri, ularning ijtimoiy va maʼnaviy qadriyatlarini rivojlantirishdagi usullari haqida soʻz boradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi shaxsiyati, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu davrda bolalar ongiga yaxshi fazilatlar, milliy an’analar, insoniy qadriyatlar singdirilishi ularning barkamol shaxs boʻlib yetishishiga asos boʻladi. Tadqiqotda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ogʻzaki xalq ijodidan samarali foydalanishning pedagogik jihatlari ham yoritilgan.