MAKTABGACHA TA’LIMDA SAN’AT, MUSIQA VA IJODIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH
Keywords:
estetik tarbiya, estetik idrok,badiiy tafakkur,musiqiy tasavvur,tasviriy faoliyat,kompozitsiya,ritm va ohang,Ijodiy salohiyat,emosional rivojlanish,san’at vositalari,estetik ehtiyoj,shaxsni har tomonlama rivojlantirish.Abstract
Ushbu ishda maktabgacha ta’lim jarayonida san’at, musiqa va ijodiy faoliyat vositasida bolalarni estetik tarbiyalashning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda estetik tarbiyaning mazmuni, uning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojidagi o‘rni, san’at va musiqa mashg‘ulotlarining bola shaxsiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, tasviriy san’at, qo‘l mehnati, musiqiy ritm, qo‘shiq kuylash, raqs va dramatizatsiya mashg‘ulotlari orqali bolalarda badiiy did, estetik idrok, ijodkorlik va emosional barqarorlikni shakllantirish mexanizmlari asoslab beriladi. Ishda maktabgacha ta’lim muassasalarida estetik tarbiyani samarali tashkil etish shartlari, pedagogning roli va zamonaviy metodik yondashuvlar ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari san’at va musiqa vositalari maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik rivojini ta’minlashda muhim omil ekanligini tasdiqlaydi.