NUTQ NUQSONLARI ORASIDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN TALAFFUZ BUZILISHLARI (DISLALIYA MISOLIDA)

Authors

  • Latibjonova Ziyoda Nazirjon qizi Author
  • Sharipova Umida Shavkatjon qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: dislaliya, nutq nuqsonlari, artikulyatsion apparat, fonematik eshituv, logopedik korreksiya., Ключевые слова: дислалия, речевые нарушения, артикуляционный аппарат, фонематический слух, логопедическая коррекция.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan eng tarqalgan nutq buzilishi – dislaliya, uning kelib chiqish sabablari, tasnifi, diagnostika jarayoni va korreksion mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Dislaliya — eshitish qobiliyati va artikulyatsiya apparatining tuzilishi saqlangan holda tovushlar talaffuzining buzilishi bilan tavsiflanadigan logopedik nuqson bo‘lib, maktabgacha hamda kichik maktab yoshidagi bolalarda keng tarqalgan. Maqolada dislaliyaning mexanik va funksional turlari, ularning psixofiziologik asoslari, differensial tashxis qo‘yish tamoyillari hamda logopedik tuzatish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, dislaliya bilan ishlashda psixolog, pedagog va logoped hamkorligining ahamiyati, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida tovushlarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish usullari ko‘rsatib o‘tilgan.

Аннотация.  В данной статье рассматриваются вопросы нарушения звукопроизношения у детей – дислалии, её причины, классификация, диагностические методы и коррекционные подходы. Дислалия представляет собой нарушение произношения отдельных звуков при сохранности слуха и нормальной анатомии артикуляционного аппарата. В статье анализируются механическая и функциональная формы дислалии, особенности их проявления, психофизиологические факторы, влияющие на нарушение артикуляции, а также логопедические методы постановки и автоматизации звуков. Кроме того, раскрывается значимость междисциплинарного взаимодействия специалистов (психолога, педагога и логопеда) в процессе коррекции речевых нарушений у детей.

Published

2025-12-18

How to Cite

NUTQ NUQSONLARI ORASIDA ENG KO‘P UCHRAYDIGAN TALAFFUZ BUZILISHLARI (DISLALIYA MISOLIDA). (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 2(1), 88-94. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/11067