IQILIM O‘ZGARISHI VA MIGRATSION QUSHLARNING YASHASH STRATEGIYALARIDAGI O‘ZGARISHLAR

Authors

  • Aliyeva Mahfuza Abdujabbarovna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Migratsion qushlar; iqlim o‘zgarishi; migratsiya yo‘nalishlari; yashash strategiyalari; ovqatlanish hududlari; biologik xilma-xillik; ekologik monitoring; global harorat o‘sishi; ekstremal iqlim hodisalari; populyatsiya o‘zgarishi.

Abstract

Dolzarbligi: Global iqlim o‘zgarishi insoniyat va tabiat uchun dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Haroratning o‘sishi, yog‘ingarchilikning o‘zgarishi va ekstremal iqlim hodisalari qushlarning yashash joylari, oziqlanish manbalari va migratsiya yo‘nalishlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Migratsion qushlar tabiatdagi muhim ekologik tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki ular biologik xilma-xillikni saqlash, urug‘larni tarqatish va zararkunandalarga qarshi tabiiy nazorat vazifasini bajaradi. Iqlim o‘zgarishi esa qushlarning migratsion strategiyalarini o‘zgartirib, ba’zi turlar sonining kamayishi, yo‘nalish o‘zgarishi va yashash hududlarining siljishiga olib kelmoqda. Shu sababli, migratsion qushlarning yashash strategiyalariga iqlim o‘zgarishining ta’sirini o‘rganish ekologik monitoring va biologik xilma-xillikni saqlash nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

Published

2026-01-06

How to Cite

IQILIM O‘ZGARISHI VA MIGRATSION QUSHLARNING YASHASH STRATEGIYALARIDAGI O‘ZGARISHLAR. (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 2(1), 196-199. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/13874