BOLALARDA KSVP VA ASSR KO`RSATKICHLARINI BAHOLASH
Keywords:
Kalit so`zlari: KSVP, ASSR, audiometriya, bolalarda eshitishni baholash, stimulatsiya, retrospektiv kuzatuv.Abstract
Annotatsiya. Audiometriya eshitish pasayishini aniqlash va uning og‘irlik darajasini baholashda, turli chastotalarda eshitish chegaralarini aniqlashda “oltin standart” hisoblanadi. Biroq, juda kichik yoshdagi bolalarda ushbu usulni qo‘llash amaliy jihatdan mumkin emas yoki ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda eshitish bilan bog‘liq turli buzilishlarni tashxislash klinik ko‘rik, audiometriya va elektrofiziologik tekshiruvlar majmuasiga asoslanadi. Elektrofiziologik diagnostik testlar qo‘llaniladigan stimullar turi, chastotalar, javobni tahlil qilish usuli, anatomik daraja va javobni qayta ishlash (avtomatik yoki qo‘lda) bo‘yicha farqlanadi. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan turli elektrofiziologik tekshiruvlarni va eshitish pasayishini imkon qadar erta aniqlash hamda davolash zaruratini inobatga olgan holda, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi turli chastotalarda ASSR, KSVP va audiometriya yordamida aniqlangan eshitish chegaralarini taqqoslashdan iborat bo‘ldi. Qo‘shimcha maqsadlar — og‘ir va juda og‘ir darajadagi eshitish pasayishi bo‘lgan bolalar guruhida ayni taqqoslashni o‘tkazish, kichik yoshdagi bolalarda eshitish pasayishini tashxislashda KSVP va ASSRning sezgirligi hamda spetsifikligini aniqlash, shuningdek diagnostik strategiyani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat edi.