OLIY TA’LIM TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI RIVOJLANTIRISHNING IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: oliy ta’lim, psixologik xizmat, innovatsiya, tadqiqotlar, trening, barkamol shaxs, ijtimoiy moslashuv.Abstract
Annotatsiya: Oliy ta’lim muassasalari jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi sifatida zamonaviy innovatsion va insonparvarlik g‘oyalari asosida tashkil etilgan, yoshlarni barkamol shaxs etib tarbiyalash, kasb va ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini egallashga tayyorlash vazifasini bajaradi. Hozirgi globallashuv sharoitida oliy ta’lim tizimi oldida ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va psixologik salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash mas’uliyati yotadi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, oliy ta’limda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Psixologiya fani inson shaxsiyatining shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishini chuqur o‘rganadigan fanlardan bo‘lib, aynan oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning psixologik holatini muhofaza qilish, rivojlantirish va muammolarni bartaraf etishda asosiy rol o‘ynaydi.