MUAMMOLI VAZIYATLAR ASOSIDA DARSLARNI LOYIHALASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: muammoli vaziyat, dars loyihalash, ta’lim, o‘quvchi faolligi, izlanish, tanqidiy fikrlash, pedagogik texnologiyalar, guruhli ish, interfaol metod, natija, hayotiy ko‘nikma, mustaqil shaxs, ijod, kompetensiya.Abstract
Annotatsiya: Hozirgi kunda taʼlim sohasida eng dolzarb masalalardan biri – darslarni nafaqat samarali, balki hayotiy, o‘quvchilar uchun qiziqarli va foydali qilish, ularda mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish va zamon talablariga javob bera oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iboratdir. Ana shu jarayonda tizimli va zamonaviy yondashuvlardan biri sifatida “muammoli vaziyatlar” asosida darslarni loyihalash juda katta ahamiyat kasb etmoqda. O‘qituvchi faqat ma’lumot yetkazuvchi emas, balki yo‘lboshchi, tashkilotchi, faoliyatga qiziqtiruvchi va muammoni birgalikda yechishga undovchi bo‘lgan bir davrda, aynan muammoli vaziyatli darslar eng yaxshi natija beradi. Bu usul orqali o‘quvchilar bilim emas, balki faoliyatdagi bilim, ya’ni turli holatlarda, hayotda, jamiyatda, guruhda, oilada, jamiyatdagi real muammolarni hal qilishga doir tajriba orttiradilar.