IKKINCHI JAHON URUSHIDA O‘ZBEKISTONNING KO‘RSATGAN JASORATLARI. "ZEBO G‘ANIYEVA" MISOLIDA.
Keywords:
Kalit so‘zlar:Ikkinchi jahon urushi, O‘zbekiston, Zebo G‘aniyeva, jasorat, vatanparvarlik, snayperlik faoliyati, ayollarning urushdagi ishtiroki, front va front orti, tarixiy xotira, harbiy xizmat, gender yondashuv, safarbarlik, fidoyilik.Abstract
Mazkur mavzu Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ayniqsa Zebo G‘aniyevaning hayoti va jangovar faoliyati misol sifatida tahlil qilinadi. Urush davrida o‘zbek xalqi frontda va front ortida mardlik, matonat va vatanparvarlik namunalarini namoyon etgan. Shu jarayonda Zebo G‘aniyeva kabi jasur ayollar ham erkaklar bilan bir safda turib, yurt ozodligi uchun kurashgan.
Annotatsiyada Zebo G‘aniyevaning harbiy xizmatdagi faoliyati, uning jasoratli harakatlari hamda ayollarning urushdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, uning qahramonligi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Mazkur mavzu orqali O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi hissasi va tarixiy xotirasi kengroq yoritiladi.