TOSHKENT SHAHRI EKOLOGIK HOLATINING BUGUNGI SHAHARSOZLIKKA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Toshkent shahri, ekologik holat, shaharsozlik, yashil hududlar, atmosfera ifloslanishi, chiqindilar, suv resurslari, zamonaviy qurilish, ekologik muvozanat, ekologik madaniyatAbstract
Annotatsiya: Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot yo‘nalishida yurtimiz uchun bosh yetakchi shahar sifatida rivojlanib kelmoqda. Bu yildan-yilga aholi sonining o‘sishi, zamonaviy qurilishlar va infratuzilma modernizatsiyasi natijasida ekologik omillarga bo‘lgan ehtiyoj va e’tibor ham sezilarli darajada ortmoqda. Toshkent shahri ekologik holatining o‘zgarishi va bu jarayonning shaharsozlikdagi ta’siri so‘nggi yillarda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Shahar tashkiliy tuzilmasi va ekologiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ushbu hudud aholisi sog‘ligi, farovonligi, qulay hayot tarzini belgilovchi asosiy omillardan bo‘lib, zamonaviy shaharsozlikda tabiiy muvozanatni saqlash, yashil hududlar maydonini kengaytirish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratishni talab qilmoqda.