O‘SMIR QIZLARDA HAYZ SIKLI BUZILISHINING UCHRASH CHASTOTASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR.
Abstract
Kirish. O‘smirlik davri qizlar reproduktiv salomatligining shakllanish bosqichi bo‘lib, aynan shu davrda hayz siklining fiziologik me’yorlari, vaqtinchalik funksional o‘zgarishlar va patologik buzilishlar bir-biridan farqlanishi zarur hisoblanadi. Zamonaviy adabiyotlarda o‘smir qizlarda hayz sikli bilan bog‘liq buzilishlar, ayniqsa dismenoreya, siklning noturg‘unligi, ko‘p hayz kelishi va amenoreya keng tarqalgan muammo sifatida qayd etilgan [1]. Klinik tavsiyalarga ko‘ra, menarxedan keyingi dastlabki yillarda gipotalamus–gipofiz–tuxumdon tizimining funksional yetilmaganligi sababli sikl ma’lum darajada noturg‘un bo‘lishi mumkin, biroq hayzlar orasining haddan tashqari uzayishi, juda ko‘p qon ketishi yoki uzoq davom etuvchi buzilishlar chuqur tekshiruvni talab qiladi [2].