MILLIY IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA KIBERXAVFSIZLIKNING O‘RNI VA MEXANIZMLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kiberxavfsizlik, Milliy iqtisodiy barqarorlik, Raqamli iqtisodiyot, Kiberhujumlar, Investitsiya samaradorligi, Bank-moliya sektori, Kritikal infratuzilmaAbstract
Annotatsiya :Raqamli iqtisodiyotning kengayishi milliy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda kiberxavfsizlikning strategik ahamiyatini oshirdi. Tadqiqot davomida milliy va xalqaro statistik ma’lumotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va kiberxavfsizlik bo‘yicha hisobotlar tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kiberhujumlar moliyaviy yo‘qotishlar, investitsiya jozibadorligining pasayishi va kritik infratuzilmalarning falajlanishiga olib keladi. Shu bilan birga, kiberxavfsizlikka yo‘naltirilgan investitsiyalar iqtisodiy samaradorlikni oshiradi va milliy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi. Tadqiqot O‘zbekiston misolida kiberxavfsizlik infratuzilmasining hozirgi holati va samarali mexanizmlarini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida, milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda kiberxavfsizlik investitsiyalari va mutaxassislar tayyorlash strategik ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi kerak.