ITALYAN VA O‘ZBEK TILIDA ANTONIM, OMONIMVA SINONIMLARNING O‘ZARO O‘XSHASH VA FARQLI JIHATLARI.
Abstract
Tilshunoslikda so‘zlarning ma’no munosabatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, antonim, omonim va sinonimlar har bir tilning boyligi va ifoda imkoniyatlarini namoyon etuvchi muhim leksik birliklar hisoblanadi. Ular nutqning aniqligi, ifodaliligi va rang-barangligini ta’minlaydi.Italyan va o‘zbek tillari turli til oilalariga mansub bo‘lishiga qaramay, ularning leksik tizimida o‘xshash jihatlar ham mavjud. Italyan tili roman tillari guruhiga kirib, lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lsa, o‘zbek tili turkiy tillar oilasiga mansubdir. Shu bois bu ikki tilni qiyosiy o‘rganish nafaqat lingvistik jihatdan, balki madaniy va tarixiy nuqtai nazardan ham muhimdir.Mazkur maqolada antonim, omonim va sinonimlarning har ikki tildagi xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi, ularning umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi. Bu esa til o‘rganish jarayonida samarali metodlarni ishlab chiqishga ham xizmat qiladi.