QISHLOQ XO‘JALIGIDA DON YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Authors

  • Azamqulov Nurbek Ulug‘bek o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: don yetishtirish, iqtisodiy samaradorlik, hosildorlik, tannarx, sof foyda, rentabellik, agrotexnologiya, resurslardan foydalanish, bozor infratuzilmasi, innovatsion yondashuvlar.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida don yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida don ishlab chiqarishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari – hosildorlik, mahsulot tannarxi, sof foyda va rentabellik darajasi o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan. Shuningdek, hududlar kesimida mavjud farqlar tabiiy-iqlim sharoitlari, suv resurslaridan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanganligi bilan asoslangan. O‘tkazilgan tahlillar natijasida agrotexnik tadbirlarni takomillashtirish, zamonaviy va resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish hamda boshqaruv tizimini samarali tashkil etish don yetishtirish samaradorligini oshirishning muhim omillari ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, bozor infratuzilmasini rivojlantirish va logistika tizimini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish natijalarini yanada yaxshilash imkoniyatlari asoslab berilgan.

Published

2026-05-04

How to Cite

QISHLOQ XO‘JALIGIDA DON YETISHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI. (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 6(1), 288-294. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/27789