OYOQ LIMFOSTAZINI ERTA TASHXISLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING IMKONIYATLARINI O'RGANISH VA AMALIYOTGA TADBIQ ETISH
Keywords:
Kalit so‘zlar Limfostaz, oyoq limfedemasi, ultratovush tekshiruvi, Doppler ultratovush, erta tashxis, yumshoq to‘qimalar, venoz yetishmovchilik, fibroz, diagnostika, reabilitatsiya., Lymphostasis, lower limb lymphedema, ultrasound imaging, Doppler ultrasound, early diagnosis, soft tissue assessment, venous insufficiency, fibrosis, diagnostics, rehabilitation.Abstract
Ushbu maqolada oyoq limfostazini erta tashxislashda ultratovush tekshiruvining (UTT) imkoniyatlari va uning klinik amaliyotdagi o‘rni yoritilgan. Limfostazning etiologiyasi, patogenezi va klinik bosqichlari tahlil qilinib, ultratovush diagnostikasining yumshoq to‘qimalardagi dastlabki o‘zgarishlarni aniqlashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. UTTning invaziv bo‘lmagan, xavfsiz va tezkor usul sifatidagi ustunliklari, shuningdek, Doppler rejimi orqali venoz va limfatik tizimni differensial baholash imkoniyatlari muhokama qilingan. Bundan tashqari, ushbu usulning boshqa diagnostik metodlar bilan taqqoslanishi hamda amaliyotga keng joriy etish istiqbollari tahlil qilingan. Maqola limfostazni erta aniqlash va uning asoratlarini kamaytirishda ultratovush tekshiruvining muhim rolini asoslab beradi.
This article discusses the capabilities of ultrasound examination (US) in the early diagnosis of lower limb lymphostasis and its role in clinical practice. The etiology, pathogenesis, and clinical stages of lymphostasis are analyzed, highlighting the importance of ultrasound in detecting early changes in soft tissues. The advantages of ultrasound as a non-invasive, safe, and rapid diagnostic method are presented, along with the role of Doppler imaging in the differential assessment of venous and lymphatic systems. Furthermore, the comparison of ultrasound with other diagnostic methods and the prospects for its wider clinical implementation are discussed. The article emphasizes the important role of ultrasound in the early detection of lymphostasis and the prevention of its complications.