UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GEOGRAFIYA FANINI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: STEAM, GIS, geografiya ta’limi, fanlararo integratsiya, raqamli texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish, geografik kompetensiya.Abstract
Annotatsiya. Maqolada umumta’lim maktablarida geografiya fanini STEAM yondashuvi va geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi tahlil qilinadi. Geografiya fanining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kartografik mazmuni uni fanlararo integratsiya uchun qulaylik yaratadi. Shu nuqtai nazardan maqolada STEAM komponentlari, GIS vositalari va loyiha asosida o‘qitish elementlarini o‘zaro bog‘lash orqali o‘quvchilarda geografik tahlil, hududiy jarayonlarni tushuntirish, ma’lumot bilan ishlash va amaliy yechim taklif etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, metodik modellashtirish va amaliy topshiriqlarni loyihalash usullaridan foydalanildi. Natijada geografiya darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan integratsiyalashgan metodik model, STEAM komponentlari bilan bog‘langan topshiriqlar tizimi hamda GIS asosidagi amaliy mashg‘ulot namunasi taklif etildi.