FAROBIYNING “FOZIL SHAHAR” KONSEPSIYASI VA UNING ZAMONAVIY JAMIYATDAGI TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Abu Nasr Forobiy, Fozil shahar, ideal jamiyat, adolatli boshqaruv, komil inson, baxt-saodat, falsafiy qarashlar, fuqarolik jamiyati, demokratiya, inson huquqlari, ijtimoiy adolat, ma’naviyat, axloq, globallashuv.Abstract
Annotatsiya: Abu Nasr Forobiyning “Fozil shahar” konsepsiyasi insoniyat tarixida mukammal jamiyat modelini yaratishga qaratilgan muhim falsafiy qarashlardan biri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyada jamiyatning asosiy maqsadi — insonlarning baxt-saodatga erishishini ta’minlash bo‘lib, bunda adolatli boshqaruv, ilm-ma’rifat va axloqiy poklik muhim o‘rin tutadi. Forobiy fikricha, fozil shaharni dono va komil shaxs — yetuk rahbar boshqarishi zarur, u jamiyatni ezgulikka yetaklaydi. Mazkur ishda “Fozil shahar” g‘oyasining mazmun-mohiyati tahlil qilinib, uning zamonaviy jamiyatdagi talqini yoritiladi. Xususan, demokratik boshqaruv, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va ijtimoiy adolat kabi tushunchalar bilan o‘zaro uyg‘un jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, globallashuv sharoitida Forobiy qarashlarining dolzarbligi va ularning hozirgi davr ijtimoiy-siyosiy tizimlaridagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Natijada, “Fozil shahar” konsepsiyasi nafaqat tarixiy-falsafiy meros, balki zamonaviy jamiyatni takomillashtirishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi asoslanadi.