SAN’AT TALABALARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA GAMIFIKATSIYA USULIDAN FOYDALANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: gamifikatsiya, ingliz tilini o‘qitish, san’at talabalari, kreativ ta’lim, motivatsiya, interaktiv metodlar, speaking ko‘nikmasiAbstract
Zamonaviy ta’lim tizimi talabalarning motivatsiyasi va dars jarayonidagi faolligini oshiruvchi innovatsion metodlarni talab qiladi. Gamifikatsiya xorijiy tillarni o‘qitishda, ayniqsa kreativ fikrlovchi talabalar bilan ishlashda samarali usullardan biri hisoblanadi. Mazkur tezisda san’at yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘qitishda gamifikatsiyaning ahamiyati tahlil qilinadi. San’at talabalari an’anaviy grammatika asosidagi darslarga nisbatan vizual, interaktiv va ijodiy faoliyatlarga ko‘proq qiziqish bildiradilar. Musobaqalar, rolli o‘yinlar, viktorinalar, hikoya yaratish hamda raqamli platformalar kabi o‘yin elementlari talabalarning speaking, lug‘at boyligi, kommunikativ va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari gamifikatsiya dars jarayonida ijobiy muhit yaratishi hamda talabalarni ingliz tilida erkin muloqot qilishga undashini ko‘rsatadi.