QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SEKTORINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: xizmatlar sektori, bandlik, kambag‘allik, aholi daromadlari, hududiy iqtisodiyot, inson kapitali, norasmiy bandlik, iqtisodiy faollik, mehnat bozori, xizmatlar iqtisodiyoti, regional rivojlanish, inklyuziv iqtisodiy o‘sish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sektorining hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, uning bandlik darajasi va aholi daromadlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida xizmatlar sohasining iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishdagi ahamiyati statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, hududlar kesimida xizmatlar sektorining rivojlanish darajasi, norasmiy bandlik ulushi, mehnat migratsiyasi va kambag‘allik dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xizmatlar sektorining rivojlanishi aholi daromadlarini oshirish, iqtisodiy inklyuzivlikni ta’minlash va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Maqolada hududlarda xizmatlar sektorini rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli xizmatlarni kengaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.