BEL-DUMG‘AZA SOHASI DISK CHURRALARINI TASHXISLASHDA KLINIK VA MRT KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Maxramova Mushtariy Author
  • Maxramova Mushtariy Anvar qizi Author

Abstract

Bel-dumg‘aza sohasi disk churralari (BDSDCH) tayanch-harakat tizimi kasalliklari orasida 25% dan 40% gacha ulushni tashkil etib, oshqozon-ichak patologiyalaridan keyingi o‘rinlarda turuvchi ijtimoiy-iqtisodiy muammodir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, rentgenologik tekshiruvlarda bemorlarning faqat 15-20 foizida aniq churra belgilarini ko‘rish mumkin bo‘lsa, MRT bu ko‘rsatkichni bir necha barobar oshiradi. Agar BDSDCH 3-5 yil davomida to‘g‘ri tashxislanmasa va davolanmasa, bu holat 60-70% holatlarda surunkali radikulopatiya va hayot sifatining keskin pasayishiga olib keladi. Shu sababli, MRTning 3D va yuqori aniqlikdagi rejimlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi.

Published

2026-05-07

How to Cite

BEL-DUMG‘AZA SOHASI DISK CHURRALARINI TASHXISLASHDA KLINIK VA MRT KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI. (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 6(2), 413-414. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/28592