JIGAR SIRROZINI ERTA ANIQLASHDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING (UTT) DIAGNOSTIK O’RNI
Abstract
Dolzarbligi:Jigar sirrozi surunkali jigar shikastlanishining so’nggi va qaytmas bosqichi bo’lib, unda jigar parenximasi yallig’lanish jarayoni fonida tolali biriktiruvchi to’qima bilan almashib boradi. Mazkur patologiya dunyo bo’yicha yuqori o’lim ko’rsatkichlari bilan birga keladi va asosan 40–60 yoshli bemorlar orasida tashxislanadi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra, har yili sirroz asoratlaridan 1,3–1,5 million nafar bemor hayotdan ko’z yumadi. Kasallikni ilk bosqichda aniqlash bemorning yashash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi hamda og’ir asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Shu nuqtai nazardan, invaziv aralashuvni talab qilmaydigan diagnostika usullari, jumladan ultratovush tekshiruvi (UTT), klinik amaliyotda keng tatbiq etilmoqda.