SURUNKALI BUYRAK KASALIGIBILAN OG‘RIGAN KATTA YOSHLI INSONLARDA SIYDIK YO‘LLARI RADIOLOGIK O‘ZGARISHI.
Abstract
Mavzuning dolzarbligi.Oxirgi yillarda katta yoshli aholi o‘rtasida surunkali buyrak kasalligi (SBK) etiologiyasida nafaqat yallig‘lanish jarayonlari, balki qon tomir o‘zgarishlari va nefrosklerozning chuqur o‘rganilishi dolzarb masalaga aylandi. Katta yoshli bemorlarda kasallik ko‘pincha yashirin kechishi va boshqa surunkali patologiyalar (gipertoniya, qandli diabet) bilan birga kelishi vizual diagnostika usullarining ahamiyatini yanada oshiradi.Zamonaviy radiologiya (UZD, KT, MRT) nafaqat buyrakning anatomik tuzilishini, balki uning funksional holatini baholashda ham hal qiluvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Aralash patologiyalar (masalan, nefroskleroz va surunkali piyelonefrit) kuzatilgan bemorlarda rentgenologik va ultratovush belgilari o‘ziga xos murakkablikka ega.