HOMILADORLIKNING ERTA BOSQICHIDA BACHADONDAN TASHQARI HOMILANI ANIQLASHDA UTTNING ROLI

Authors

  • To`raqulova Sevinch Sattorjon qizi Author

Abstract

Dolzarbligi. Bachadondan tashqari homiladorlik barcha homiladorliklarning taxminan 1–2% ini tashkil etadi va ginekologik shoshilinch holatlar ichida eng xavflilaridan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, reproduktiv yoshdagi ayollarda onalar o‘limining 6–10% bachadondan tashqari homiladorlik asoratlari bilan bog‘liq. Kech aniqlangan holatlarda bachadon nayining yorilishi 60–70% bemorlarda uchraydi va og‘ir ichki qon ketish, gemorragik shok hamda bepushtlikka olib kelishi mumkin. Zamonaviy radiologik diagnostika usullaridan biri bo‘lgan ultratovush tekshiruvi yordamida bachadondan tashqari homiladorlikni erta aniqlash imkoniyati 85–95% gacha yetadi. Shu sababli ushbu muammoni radiologiya va ginekologiya kesishgan nuqtada o‘rganish dolzarb hisoblanadi.

Published

2026-05-07

How to Cite

HOMILADORLIKNING ERTA BOSQICHIDA BACHADONDAN TASHQARI HOMILANI ANIQLASHDA UTTNING ROLI. (2026). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 6(3), 73-74. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/28698