UMURTQALARARO DISK CHURRASINI ANIQLASHDA MRT TEKSHIRUVINING AFZALLIKLARI
Abstract
Dolzarbligi: Umurtqalararo disk churrasi (disk herniyasi) hozirgi kunda keng tarqalgan patologiyalardan biri bo‘lib, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshdagi aholida uchraydi va bel og‘rig‘i hamda nevrologik asoratlarning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra bel og‘rig‘i bilan murojaat qilgan bemorlarning 60–80% ida disk degeneratsiyasi yoki churrasi aniqlanadi. Bunda nerv ildizlarining siqilishi-radikulopatiya, paresteziya va harakat cheklanishiga olib keladi, shu sababli kasallikni erta va aniq tashxislash muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy radiologiyada eng samarali usullardan magnit-rezonans tomografiya MRT - kuchli magnit maydon va radiochastotali impulslar yordamida vodorod protonlarining rezonans javobini qayd etish orqali tasvir hosil qiladi.