BUYRAK TOSH KASALLIGIDA KT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI
Abstract
Dolzarbligi: 2024–2025-yillar davomida O‘zbekiston aholisi orasida buyrak-tosh kasalligining uchrash darajasi o‘rtacha 4–8% ni tashkil etib, urologik kasalliklar tarkibida yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Buyrak tosh kasalligi (nefrolitiaz) dunyo bo'ylab tarqalganligi ortib borayotgan, davolash va oldini olishni talab qiladigan dolzarb urologik muammodir. Turmush tarzi, kam suyuqlik ichish va iqlim o'zgarishi (issiq) tufayli kasallik uchrash chastotasi oshmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kasallikning tarqalishi 5-15% gacha yetadi.Buyrak-tosh kasalligining qaytalanish darajasi 5 yil ichida 30–40%, 10 yil ichida esa 50% gacha yetishi kuzatildi. Radiologik tekshiruvlar natijasida kompyuter tomografiyasi buyrak va siydik yo‘llari konkrementlarini aniqlashda yuqori diagnostik sezgirlikka ega ekanligi tasdiqlandi. Ayniqsa, umumiy toshlarning 60–70% ini tashkil etuvchi kaltsiy oksalatli konkrementlarni aniqlashda KT eng samarali diagnostik usul sifatida baholandi.