SUT BEZI RAKI DIAGNOSTIKASIDA KTNING O’RNI
Abstract
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda sut bezi saratoni (SBS) ayollar orasida onkologik kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo miqyosida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, barcha onkologik kasalliklarning taxminan 25-30% aynan sut bezi ulushiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston sharoitida bemorlarning qariyb 40-45% qismi kasallikning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida aniqlanishi diagnostika jarayonini yanada takomillashtirishni talab etadi. Erta bosqichlarda tashxis qo‘yilganda bemorlarning 5 yillik yashash ko‘rsatkichi 92% ni tashkil etsa, metastazlar mavjud bo‘lgan kechki bosqichlarda bu ko‘rsatkich 27% gacha pasayib ketishi aniqlangan. Kompyuter tomografiyasi (KT) usuli nafaqat birlamchi o‘simtani, balki uning tana bo‘ylab tarqalish darajasini aniqlashda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.