JALOLIDDIN MANGUBERDI – BUYUK SARKARDA
Keywords:
Jaloliddin Manguberdi, Xorazmshohlar davlati, mo‘g‘ul bosqinlari, Markaziy Osiyo, XII–XIII asrlar, siyosiy tarix, madaniy tarix, boshqaruv, tarixiy merosAbstract
Ushbu ishda XII–XIII asrlar Movarounnahr va Xuroson hududidagi siyosiy va madaniy vaziyat hamda buyuk qahramon Jaloliddin Manguberdi faoliyati tahlil qilinadi. Jaloliddin Manguberdi Mo‘g‘ul bosqinlariga qarshi so‘nggi nafasigacha kurashgan buyuk davlat arbobi sifatida ta’riflanadi. U o‘z hukmronligining qisqa, ammo murakkab davrida mamlakat hududini kengaytirgan va Xorazmshohlar davlatining mustahkamligini ta’minlashga harakat qilgan. Shixobiddin an-Nasaviy va boshqa tarixiy manbalarga ko‘ra, Jaloliddin adolatli, haqqo‘y va mas’uliyatli hukmdor bo‘lib, xalq farovonligini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Uning jasorati, dono siyosati va adolatparvarligi xalq xotirasida chuqur iz qoldirgan. Ishda Jaloliddinning tarixiy roli, shuningdek, Xorazmshohlar davlati va Chingizxon bosqinlari kontekstida baholangan, bu esa uning Markaziy Osiyo va jahon tarixidagi ahamiyatini yoritadi.