QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVLARINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBALARI
Keywords:
qishloq xo‘jaligi kooperativi, rivojlanish, xorij tajribasi, innovatsion yondashuv, agrar soha, kooperatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, xalqaro tajriba, davlat qo‘llab-quvvatlovi, fermer xo‘jaliklari.Abstract
Qishloq xo‘jaligi dunyo iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va hamkorlik tamoyillarini kuchaytirish orqali qishloq joylarining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga erishish mumkin. Ushbu jihatlar aynan qishloq xo‘jaligidagi kooperativ tuzilmalarning rivojlanishini taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari — fermer xo‘jaliklari, dehqonlar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashgan, iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy jihatdan mustaqil tuzilmalar hisoblanadi. Ko‘plab mamlakatlarda kooperativlar dehqonlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni bozorlarga samarador kirish imkonini yaratish va ilmiy-texnika yutuqlarini tezroq joriy etish uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.