TURKISTONDA “HARBIY KOMMUNIZM” DAVRIDA QISHLOQ XO‘JALIK KOOPERATIVLARI FAOLIYATI

Authors

  • Ahrorbek Abdurahim o‘g‘li G‘aniyev Author

Keywords:

Turkiston, Harbiy kommunizm, kooperativlar, rekvizitsiya, agrar siyosat, oziq-ovqat taqsimoti, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiy inqiroz, davlat boshqaruvi, agrar munosabatlar.

Abstract

Maqolada Turkistonda “Harbiy kommunizm” siyosati (1918–1921) davrida qishloq xo‘jalik kooperativlarining shakllanishi, ularning faoliyat tamoyillari va iqtisodiy hayotdagi o‘rni tahlil qilingan. Unda davlat tomonidan joriy etilgan majburiy oziq-ovqat siyosati, rekvizitsiya va taqsimot tizimi natijasida kooperativlarning o‘zgarishi, ularning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish, taqsimlash va aholiga yetkazib berish jarayonlaridagi roli yoritiladi. Shuningdek, siyosiy beqarorlik, ichki iqtisodiy inqiroz va transport muammolari sabab kooperatsiya tizimining samaradorligiga ta’sir qilgan omillar tahlil qilingan.

Published

2025-12-03

How to Cite

TURKISTONDA “HARBIY KOMMUNIZM” DAVRIDA QISHLOQ XO‘JALIK KOOPERATIVLARI FAOLIYATI. (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 1(1), 126-131. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/7830