ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLA — INKLYUZIV TA’LIMNING ASOSIY SUBYEKTI SIFATIDA

Authors

  • Dilnoza Sherzodovna Azimova Author

Keywords:

Xususan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar (kar va zaif eshituvchi bolalar) alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan toifa sanaladi. Dunyoda taxminan 34 million bola eshitish bo‘yicha og‘ir darajadagi nuqson (kar yoki jiddiy eshitish yo‘qotilishi) bilan yashamoqda. Bunday bolalarning to‘laqonli rivojlanishi va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun inkluziv ta’lim muhitini yaratish bugungi pedagogikaning dolzarb vazifasidir.

Abstract

Inson huquqlari va ta’lim sohasidagi xalqaro hujjatlar har bir bolaga, jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga teng ta’lim olish huquqini kafolatlaydi. Jumladan, BMT Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasining 24-moddasida davlatlar ta’lim tizimini inklyuziv qilgan holda, nogiron bolalarni ajratmasdan umumiy ta’limga qamrab olishi, ularga yakka ehtiyojlardan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlash berilishini ta’minlashi belgilangan. Xususan, eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’limi eng maqbul til va muloqot vositalarida, ularning shaxsiy ehtiyojlariga mos ravishda olib borilishi va ijtimoiy-hissiy rivojlanishi maksimal darajada qo‘llab-quvvatlanishi lozimligi qayd etilgan. 

Published

2025-12-04

How to Cite

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLA — INKLYUZIV TA’LIMNING ASOSIY SUBYEKTI SIFATIDA. (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 1(1), 201-209. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/8024