QANDLI DIABETDA TOPINAMBUR O‘SIMLIGINING FOYDALI TOMONLARI VA UNI TAHLIL QILISH USULLARI

Authors

  • Xasanova G.R Author
  • Husan Eshbek oʻgʻli Nazarov Author
  • Azimova S. N Author
  • Roziqova Sh.A Author

Keywords:

Topinambur, qandli diabet, inulin, glikemik indeks, fruktooligosaxaridlar, fitoterapiya, biokimyoviy tahlil, dorivor o‘simliklar, metabolik jarayonlar.

Abstract

Ushbu maqolada qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligining biologik faol moddalar tarkibi, uning metabolik jarayonlarga ta’siri va glyukozani nazorat qilishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Topinamburning asosiy komponenti inulin, fruktooligosaxaridlar, organik kislotalar, vitaminlar va mineral moddalar diabet terapiyasida qo‘shimcha vosita sifatida muhim ahamiyatga ega ekani qayd etiladi. Maqolada xom ashyoning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari, shu jumladan kimyoviy, fizik-kimyoviy va instrumental tahlil metodlari bayon qilingan. Tadqiqot natijalari topinamburning glyukemik indeksni pasaytirishga yordam berishi, ichak mikroflorasini normallashtirishi va uglevod almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Published

2025-12-05

How to Cite

QANDLI DIABETDA TOPINAMBUR O‘SIMLIGINING FOYDALI TOMONLARI VA UNI TAHLIL QILISH USULLARI. (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 1(1), 311-317. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/8134