“SHAYX SAN’ON”: NAVOIY HIKOYASIDA RUHIY IZTIROB VA MA’NAVIY YETUKLIK
Keywords:
Sab’ai Sayyor, Navoiy, so‘z ta’rifi, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy, Husayn Boyqaro.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Sab’ai Sayyor” dostonining 5–10-boblari mazmuni tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirning so‘zga bergan yuksak bahosi, nazm va nasrning o‘zaro farqlari, masnaviy janrining ustun jihatlari, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy ijodining Navoiyning badiiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, Jomiy siymosi, uning ilmiy-ma’rifiy salohiyati, arab tili va tafsir, fiqh ilmlaridagi o‘rni matndagi ishoralar asosida ochib beriladi. 8-bobda Navoiy tomonidan adabiy salaflarning ayrim kamchiliklari — dardning yetarli berilmagani, Bahrom haqidagi ayrim afsonaviy epizodlarning nomuvofiqligi va nodon obrazning markazlashtirilishi kabi masalalar tanqidiy baholanadi. 9 va 10-boblarda shoir Sulton Husayn Boyqaro hamda Xadichabegimni madh etadi, ularning siyosiy mavqei, adolatparvarligi, fazilati va ramziy tasvirlari tahlil qilinadi. Maqola dostonning mazkur boblari orqali Navoiyning poetik dunyoqarashi, estetik talablari va ustozlarga munosabati haqida yaxlit tasavvur beradi.