SHAYX SANʼON HIKOYASI VA ISHQ QUDRATI: NAVOIY IRFONIY TALQINIDA

Authors

  • Toshpoʻlatova Maʼrifat Author
  • Neʼmatova Jahonbibi Author

Keywords:

Hudhud, qushlar, axloqiy illatlar, ma’naviy kamolot, Shayx San’on, Ishq, Lison ut-tayr.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostoni 74–79-boblaridagi qushlar va Hudhud munozarasi tahlil qilinadi. Doston ramziy va allegorik uslubda yozilgan bo‘lib, Hudhud qushlar bilan individual suhbatlar orqali ularni ma’naviy kamolotga chaqiradi. Qushlar obrazlari insonning turli axloqiy illatlarini timsol qiladi: To‘ti xudbinlik va shaxsiyatparastlik, Tovus va Tazarv tashqi go‘zallikka mag‘rurlanish, Kabki dariy va Kuf boylik va dunyoviylik, Qarchig‘ay johillik va shuhratparastlik. Hudhud ularni tanqid qiladi va Shayx San‘on hikoyasi orqali Ishqning insonni maqsad manziliga yetkazuvchi qudratini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu boblar dostonning axloqiy va irfoniy qismi bo‘lib, o‘quvchida o‘zini tahlil qilish va kamchiliklardan qutulish zarurligini uyg‘otadi.

Published

2025-12-07

How to Cite

SHAYX SANʼON HIKOYASI VA ISHQ QUDRATI: NAVOIY IRFONIY TALQINIDA. (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 1(2), 192-196. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/8511