YOSHLAR SIYOSATI VA ULAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR: YANGI O’ZBEKISTONNING YANGI AVLOD KADRLARI
Keywords:
Yangi O’zbekiston, ta’lim islohotlari, yoshlar imkoniyatlari, ijtimoiy faollik, taraqqiyot strategiyasi, raqobatbardosh avlod, kadrlar tayyorlash, innovatsion rivojlanish.Abstract
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar siyosatini modernizatsiya qilish jarayonlari va ular uchun yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlarning yangi avlod kadrlarini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim tizimining bosqichma-bosqich yangilanishi, raqamli va innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslar hamda ularni milliy taraqqiyotning faol ishtirokchisiga aylantirish mexanizmlari o‘rganiladi. Maqola Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini ochib berar ekan, yurt kelajagi uchun yuqori malakali, intellektual salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash jarayoni davlat rivojining asosiy omillaridan biri ekani ilmiy asosda ko‘rsatib beradi.