INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Authors

  • Shobekova Nigora Mamurovna Author

Keywords:

integrativ yondashuv, metakompetentlik, pedagogik texnologiya, bo‘lajak o‘qituvchi, boshlang‘ich ta’lim, refleksiya, metakognitiv kompetensiya.

Abstract

Tezisda integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metakompetentligini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiya ishlab chiqilgan va uning samaradorligi tahlil qilingan. Metakompetentliging mazmuni metakognitiv, reflektiv, kommunikativ, integrativ va amaliy-regulyativ kompetensiyalar majmuasi sifatida yoritiladi. Tadqiqotda aralash metodlardan foydalanildi: pedagogik kuzatuv, diagnostik testlar, kontent tahlil, eksperimental-amaliy ishlar va sifat tahlili. Natijalar integrativ yondashuv asosidagi o‘quv faoliyati talabalar tomonidan bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, nazariy ma’lumotlarni amaliyotga qo‘llash, mustaqil fikrlash, refleksiya yuritish va kasbiy vaziyatlarda moslashuvchan qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Ish yakunida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash dasturlarida metakompetentlikni shakllantirishning samarali yo‘llari bo‘yicha takliflar berilgan.

Published

2025-12-09

How to Cite

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METAKOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI. (2025). ILMIY TADQIQOTLAR VA YANGI OLAM, 2(1), 13-21. https://journalss.org/index.php/ito/article/view/9117