MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING TURLI YOSH GURUHLARIDA LOY VA PLASTILIN BILAN ISHLASH METODIKASI
Keywords:
Maktabgacha ta’lim, loy bilan ishlash, plastilin, metodika, ijodiy faoliyat, mayda motorika, yosh guruhlari, estetik tarbiya, sensor rivojlanish, pedagogik yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli yosh
guruhlarida loy va plastilin bilan ishlash metodikasining nazariy va amaliy
jihatlari yoritilgan. Unda kichik, o‘rta va katta yosh guruhlarida bolalarning
yosh va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda loy va plastilin
bilan ishlash jarayonini tashkil etish, mashg‘ulotlarning maqsad va vazifalari,
foydalaniladigan metod va usullar, pedagogning roli hamda mazkur
faoliyatning bolalar ijodkorligi, mayda motorika, tafakkur va estetik didni
rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, loy va
plastilin bilan ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, milliy
qadriyatlar va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarbiyachilari, pedagogika yo‘nalishi talabalari va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.