MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI MUHITINI MODERNIZATSIYA QILISH.
Keywords:
innovatsion texnologiyalar, zamonaviy pedagogika, tarbiyaviy muhit, interfaol metodlar, bolalar rivojlanishi, didaktik vAbstract
Maktabgacha ta’lim muassasalari muhitini modernizatsiya
qilish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni
zamon talablariga javob beradigan mustahkam bilim va tarbiyani, keng
dunyoqarashni, ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan
yangicha yondashuv aynan ushbu tizimdan boshlanadi. Jamiyat rivojining har
bir bosqichida maktabgacha ta’lim muassasalari o‘ziga xos yirik o‘quv
tarbiyaviy, ma’naviy va madaniy maskan bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda
ushbu muassasalar oldida mana shunday mas’uliyatli vazifalarni yanada
mukammal darajada amalga oshirish, bolalar uchun qulay, zamonaviy va
xavfsiz, bilim va tarbiya olish uchun ideal sharoitlarni yaratish, ularning
salohiyati va qobiliyatini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi muhitni tashkil
qilish zaruriyatga aylandi. Ushbu tezisda Maktabgacha ta'lim muassasalari
muhitini modernizatsiya qilish haqida ma'lumotlar berilgan.