GLOBAL TARAQQIYOT JARAYONIDA INSON RESURSLARINING STRATEGIK AHAMIYATI
Keywords:
inson resurslari, global taraqqiyot, barqaror rivojlanish, ta’lim, innovatsiya, mehnat bozori, raqamli iqtisodiyot, inson kapitali.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada global taraqqiyot
sharoitida inson resurslarining strategik ahamiyati har tomonlama va chuqur
tahlil qilinadi. Zamonaviy dunyoda iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik,
innovatsion rivojlanish hamda barqaror taraqqiyot jarayonlari bevosita inson
resurslarining sifati, bilim va malaka darajasi, intellektual va ijodiy salohiyati
bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada inson
resurslari tushunchasining mazmun-mohiyati, ularning global miqyosdagi
o‘rni, ta’lim va ilm-fan bilan uzviy aloqasi, raqamli transformatsiya
sharoitidagi o‘zgarishlar, shuningdek, jahon mehnat bozorida yuz berayotgan
dolzarb jarayonlar keng yoritilgan. Inson resurslarini rivojlantirish jarayonida
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari nazariy va amaliy jihatdan
asoslab berilgan.