MIGRATSIYA JARAYONLARINING OILAVIY TARBIYAGA TA’SIRI VA BOLALAR IJTIMOIYLASHUVIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR
Keywords:
migratsiya, oilaviy tarbiya, ijtimoiylashuv, bola shaxsi, pedagogik omillar, ijtimoiy muhit.Abstract
Mazkur maqolada migratsiya jarayonlarining oilaviy tarbiya tizimiga
ta’siri hamda ushbu jarayon natijasida bolalar ijtimoiylashuvida yuzaga
keladigan muammolar pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda
migratsiyaning oilaviy munosabatlar, ota-ona va bola o‘rtasidagi aloqalar
hamda tarbiya sifatiga ta’siri yoritilib, muammolarni bartaraf etishning
samarali pedagogik yo‘llari taklif etiladi. Shuningdek, maqolada migratsiya
sharoitida yuzaga keladigan tarbiyaviy bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf
etish mexanizmlari asoslab beriladi. Bolalar ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir
etuvchi omillar tizimli ravishda tasniflanadi va ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot
natijalari asosida oilaviy tarbiyaning innovatsion pedagogik modeli ishlab
chiqish zarurati asoslanadi.