MARKETING KANALLARINING MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARGA TA’SIRI
Keywords:
marketing kanallari, mijozlar bilan munosabatlar, CRM, raqamli marketing, mijozlar sadoqati, segmentatsiya, personalizatsiya, kommunikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar, marketing strategiyasi, xizmatlar bozori, mijoz tajribasi.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada marketing kanallarining mijozlar bilan
munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishdagi ahamiyati tadqiq etiladi.
Xususan, raqamli va an’anaviy marketing kanallarining mijozlarni jalb qilish,
ular bilan samarali muloqot o‘rnatish va uzoq muddatli munosabatlarni
saqlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda marketing kanallari orqali
olinadigan
ma’lumotlarning
mijozlarni
segmentatsiya
qilish,
personalizatsiyalangan xizmatlar ko‘rsatish va mijozlar sadoqatini oshirishga
ta’siri yoritilgan. Shuningdek, CRM tizimlari bilan integratsiya qilingan
marketing kanallarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kichik biznes va uy sharoitida
tadbirkorlik subyektlari misolida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Olingan natijalar marketing strategiyalarini takomillashtirish va mijozlarga
yo‘naltirilgan boshqaruvni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.