RANG BILDIRUVCHI SIFATLARNING LINGVISTIK VA LINGVOMADANIY ASOSLARI.
Keywords:
rang bildiruvchi sifatlar, lingvistik tahlil, lingvomadaniyat, semantika, madaniy kod, milliy tafakkur, ramziy ma’no, konnotatsiya, badiiy matn, til va madaniyat munosabati.Abstract
Mazkur ish rang bildiruvchi sifatlarning lingvistik va
lingvomadaniy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda rang
sifatlarining til tizimidagi o‘rni, ularning semantik xususiyatlari, leksik
grammatik imkoniyatlari hamda nutqdagi funksional qo‘llanilishi yoritiladi.
Shuningdek, rang bildiruvchi sifatlarning milliy tafakkur, madaniyat, urf-odat
va an’analar bilan bog‘liqligi lingvomadaniy jihatdan izohlanadi. Rang
nomlarining xalq mentaliteti, ramziy ma’nolari va madaniy kod sifatidagi
ahamiyati misollar asosida ochib beriladi. Turli ranglarning ijobiy yoki salbiy
konnotatsiyaga ega bo‘lishi, ularning badiiy matn, frazeologiya va xalq og‘zaki
ijodidagi
o‘rni
alohida
tahlil
qilinadi.
Ushbu ish tilshunoslik,
lingvomadaniyatshunoslik va filologiya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalar hamda tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.