AVTOMOBIL SHINASI BOZORIDA IMPORT OʻRNINI BOSISH VA MAHALLIYLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
avtomobil shinalari, import, mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarish quvvati, talab va taklif, raqobatbardoshlik, utilizatsiya, qayta ishlash, rezina granula, ekologik barqarorlik, investitsiya.Abstract
Mazkur ilmiy tezisda Oʻzbekiston Respublikasida
avtomobil shinalari bozorining joriy holati, import hajmlari dinamikasi, ichki
ishlab chiqarish salohiyati va talab-taklif nisbati kompleks tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, shinalarga boʻlgan ichki ehtiyojning asosiy qismi
import hisobiga qoplanayotgani, shu bilan birga mavjud ishlab chiqarish
quvvatlaridan toʻliq foydalanilmayotgani aniqlangan. Shuningdek, import va
mahalliy mahsulotlar narxlari oʻrtasidagi farq mahalliy ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun iqtisodiy asos mavjudligini koʻrsatadi. Xorijiy tajriba
asosida shina chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimlarining
samaradorligi
oʻrganilib,
mazkur yoʻnalishda milliy amaliyotni
takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.