MORFOANALIZATORDA YORDAMCHI SOʻZLARNI QAYTA ISHLASH NAZARIYASI
Keywords:
Morfoanalizator, yordamchi soʻzlar, agglyutinativ tillar, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), morfologik tahlil, til modellari, oʻzbek tiliAbstract
Ushbu dessimaratatsiya tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) sohasida
morfoanalizatorlar tomonidan yordamchi soʻzlarni qayta ishlashning nazariy
asoslarini oʻrganadi. Agglyutinativ tillar, xususan oʻzbek tili kontekstida,
yordamchi soʻzlarning grammatik va semantik ahamiyati, ularni aniq ajratish
va tahlil qilishning murakkabliklari koʻrib chiqiladi. Ishda yordamchi soʻzlarni
samarali qayta ishlash uchun yangi nazariy model taklif etiladi, bu model
leksik-semantik
maʼlumotlar,
kontekstual
qoidalar
va morfologik
xususiyatlarni birlashtiradi. Taklif etilgan modelning NLP ilovalari, jumladan
mashina tarjimasi, matn generatsiyasi va axborot qidirish uchun ahamiyati
tahlil qilinadi. Tadqiqot morfoanalizatorlarning aniqligini oshirish va til
modellarining samaradorligini yaxshilashga qaratilgan.