BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KREATIVLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Mominova Nargiza Abdusalomovna Author

Keywords:

kasbiy kreativlik, pedagog kompetensiyasi, bo‘lajak o‘qituvchilar, kreativlik kompetensiyasi, innovatsion ta’lim, pedagogik ijodkorlik, zamonaviy metodlar, pedagogik texnologiyalar, ijodiy muhit, mustaqil fikrlash.

Abstract

Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy kreativlik kompetensiyasini 
rivojlantirish zamonaviy ta’limning eng muhim va dolzarb masalalaridan biri 
bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, zamonaviy ta’lim talablariga javob bera 
oladigan kuchli kadrlarni tarbiyalashga asos bo‘ladi. Kasbiy kreativlik 
kompetensiyasi deganda nafaqat kasbiy bilimlarga, malakaga ega bo‘lish, 
balki mazkur bilimlarni yangi pedagogik vaziyatlarda noan’anaviy va 
samarali tarzda qo‘llash, muammoli holatlarni yangicha yondashuvlar bilan 
bartaraf etish, o‘quvchilarda mustaqil ijobiy faoliyatga intilish, hollarga ko‘ra 
o‘z 
fikrini 
mustahkamlash va ilgari surish, zamonaviy fan va 
texnologiyalardagi yangiliklardan samarali foydalanish layoqatini anglatadi. 
Shu sababli, pedagogik faoliyatga kirishayotgan har bir yosh mutaxassis o‘z 
kasbiy ijodkorlik salohiyatini doimiy ravishda rivojlantirishi va 
takomillashtirib 
borishi 
zarur. 
Kasbiy kreativlik kompetensiyasini 
shakllantirishning asosiy omillarini yoritishda bir tomonlama yondashuvdan 
chekinib, barcha pedagogik jarayonlar o‘zaro bog‘liqligini inobatga olish 
zarur.

Published

2025-11-25

How to Cite

BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KREATIVLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH. (2025). KELAJAK SARI YANGI O’ZBEKISTON: ILM-FAN, TEXNOLOGIYA VA TA’LIM, 1(1), 55-59. https://journalss.org/index.php/ks/article/view/6390