RADIOAKTIV CHIQINDILARNI HISOBINI YURITISH VA UTILIZATSIYA QILISH MASALALARI
Keywords:
Radioaktiv chiqindilar, utilizatsiya, radiatsiya xavfsizligi, inventarizatsiya, monitoring, geologik saqlash, yadro xavfsizligi, radioaktiv manbalar.Abstract
Mazkur maqolada radioaktiv chiqindilarni hisobini yuritish, ularning
xavfsiz saqlanishi va utilizatsiya qilinishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar
tahlil qilinadi. Radioaktiv chiqindilar — tarkibida yuqori darajadagi radiatsiya
tarqatuvchi radionuklidlar mavjud bo‘lgan va qayta foydalanishga yaroqsiz
moddalar bo‘lib, ularning to‘g‘ri boshqarilmasligi inson salomatligiga,
ekologik tizimlarga hamda transchegaraviy xavfsizlikka jiddiy tahdid
tug‘diradi. Maqolada xalqaro talablarda, xususan, Xalqaro atom energiyasi
agentligi (IAEA)
standartlari va Qo‘shma konventsiya normalarida
belgilangan hisob yuritish, monitoring va utilizatsiya mexanizmlari
o‘rganiladi hamda ular O‘zbekiston milliy qonunchiligi bilan taqqoslanadi.
Radioaktiv chiqindilarni inventarizatsiya qilishdagi mavjud kamchiliklar,
infratuzilmaviy yetishmovchilik, moliyalashtirish va kadrlar masalalari
alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilib,
chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
ko‘rsatiladi.