IELTS GA TAYYORLANAYOTGAN O‘QUVCHILARDA SELF-STUDY STRATEGIYALARINING SPEAKING VA VOCABULARY RIVOJIGA TA’SIRI

Authors

  • Nasulloyeva Feruzabonu Akmalovna Author

Keywords:

IELTS, self-study, mustaqil ta’lim, speaking skill, vocabulary acquisition, pedagogika, autonomous learning, shadowing, metakognitiv ko‘nikmalar

Abstract

Ushbu maqolada IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonida self-study strategiyalarining pedagogik ahamiyati keng va chuqur tahlil qilinadi. Xususan, speaking va vocabulary ko‘nikmalarini rivojlantirishda mustaqil o‘rganish usullarining samaradorligi, ularning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada self-study jarayonining afzalliklari bilan bir qatorda uning cheklovlari, xavflari va noto‘g‘ri yondashuvlari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy raqamli vositalar yordamida self-study samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri rejalashtirilgan, muntazam va nazorat ostida olib borilgan mustaqil ta’lim o‘quvchilarning speaking ravonligi va vocabulary boyligini sezilarli darajada oshiradi.

Author Biography

  • Nasulloyeva Feruzabonu Akmalovna

    Buxoro davlat pedagogika institutining

    Xorijiy til va adabiyot fakulteti talabasi

    feruzanasullayeva068@gmail.com

Published

2026-05-07